Bilim sari qo'yilgan har bir qadam — muvaffaqiyat sari yo'ldir
IT sohasida mustahkam bilim oling — tarmoq, server boshqaruvi, kiberxavfsizlik. 80% amaliyot, 20% nazariy ta'lim.
Cisco asosida, noldan CCNP darajasigacha — to'liq o'zbek tilida.
- 151+ video dars, 70 test
- Sertifikat
- Umrbod kirish huquqi
- 151+ video dars, 70 test
- Sertifikat
- Umrbod kirish huquqi
- Shaxsiy admin yordami — istalgan kunda, qiynalgan joyingizda
Hozirgi va tayyorlanayotgan yo'nalishlar
Har bir yo'nalish alohida kurs sifatida joylashtiriladi. Dastur va narxni ko'rish uchun kursni oching.
Network Muhandisligi
Noldan boshlab, real Cisco buyruqlari bilan router va switch sozlashni o'rganasiz — routing, VLAN, NAT, DHCP va undan ham ko'prog'i, 151+ video darsda.
Kurs haqida batafsil →Linux Tizim Boshqaruvi
Terminal orqali serverni boshqarish, foydalanuvchi va ruxsatlarni sozlash, xizmatlarni ishga tushirish — amaliy, qadam-baqadam.
Windows Server
Active Directory, foydalanuvchi va guruhlarni boshqarish, DNS/DHCP xizmatlarini sozlash — korxona tarmog'ini boshqarishni o'rganasiz.
Kiberxavfsizlik
Zaifliklarni aniqlash, tarmoqni hujumlardan himoya qilish va etik xakerlik metodologiyasi — qonuniy va professional darajada.
Bir hayotiy kuzatuvdan —
katta maqsad sari.
Bir vaqtlar men chet elda ishlab yurdim. U yerda O‘zbekistondan kelgan ko‘plab insonlarning bilim va kasb yetishmagani sababli og‘ir mehnat qilayotganiga guvoh bo‘ldim.
Nega yoshlarimiz zamonaviy bilim va kasb egallab, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan qurmasligi kerak?
Shu savol vaqt o‘tishi bilan katta maqsadga aylandi. 2025-yilda aynan shu maqsad bilan Suffa IT Academy’ga asos soldim.
Bizning maqsadimiz
Shunchaki kurs sotish yoki sertifikat berish emas — haqiqiy bilim berish. Darslar eng oddiy tushunchalardan boshlanib, bosqichma-bosqich murakkab mavzulargacha olib boriladi.
Sertifikat emas — bilim
Sertifikat — qog‘oz. Bilim esa inson bilan bir umr qoladigan kapital. Ishga joylashishni kafolatlamaymiz: natija bilim, mehnat, tajriba va intilishga bog‘liq.
Bizning tamoyilimiz
“Agar mavzu tushunarsiz bo‘lsa, o‘quvchi emas, tushuntirish usuli o‘zgarishi kerak.”
To‘g‘ri bilim inson hayotini o‘zgartira oladi.
Suffa IT Academy — hayotiy kuzatuvlardan boshlangan, yoshlarimizga bilim va zamonaviy kasb berish maqsadidagi loyiha.
Kursni sotib olganlar nima deydi
Fikrlarni faqat kursni sotib olgan, hisobi tasdiqlangan talabalar qoldira oladi.
Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib fikr qoldiring!
Fikr qoldirish uchun hisobingizga kiring va kursni sotib oling.
Kirish / Ro'yxatdan o'tishSotib olishdan oldin
Oldindan bilim kerakmi?
Yo'q. Kurs noldan boshlanadi — birinchi modulda kompyuter tarmog'i nima ekanidan, switch va router qanday qurilma ekanidan boshlab tushuntiriladi.
Qanday qurilma kerak bo'ladi?
Oddiy kompyuter yoki noutbuk yetarli. Amaliyot Cisco Packet Tracer dasturida bajariladi — u bepul, va uni yuklab olish birinchi darsda ko'rsatilgan.
Kirish muddati cheklanganmi?
Yo'q. To'lov tasdiqlangach kirish huquqi umrbod qoladi. Kursga yangi darslar qo'shilsa, ular sizga qo'shimcha to'lovsiz ochiladi.
Darslarni qanday tezlikda o'rganaman?
O'zingizga qulay tezlikda. Bu jonli guruh emas — darslar yozib olingan, xohlagan payt va xohlagancha marta qayta ko'rishingiz mumkin.
To'lov nima uchun qo'lda tasdiqlanadi?
Hozircha to'lovlar Telegram orqali qabul qilinadi va har bir chek shaxsan tekshiriladi. To'lov tasdiqlangach, hisobingiz darhol aktivlashadi. Savolingiz bo'lsa, o'sha yerda bevosita yozishingiz mumkin.
Videolarni yuklab olsa bo'ladimi?
Yo'q. Darslar himoyalangan pleerda ko'rsatiladi va faqat shu saytda ochiladi.